Oʻzbekiston va Belgiya migratsiya boʻyicha ilk hamkorlik shartnomasini imzoladi
Shartnoma Oʻzbekiston fuqarolari uchun Belgiyada qonuniy ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish, milliy migratsiya boshqaruv tizimida Yevropa standartlarini joriy etishni koʻzda tutadi.

Oʻzbekiston Migratsiya agentligi va Belgiya Qirolligi Ichki ishlar federal xizmatining Immigratsiya departamenti ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi birinchi rasmiy hamkorlik hujjatini imzoladilar.
Shartnoma Oʻzbekiston fuqarolari uchun Belgiyada qonuniy ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish, milliy migratsiya boshqaruv tizimida Yevropa standartlarini joriy etishga asoslanadi. Shuningdek, Belgiya tajribasiga asoslangan taʼlim dasturlarini oʻtkazish va migratsiya jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish uchun agentliklar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni oʻrnatishni nazarda tutadi.
Belgiya Immigratsiya departamenti mamlakat migratsiya siyosatining markaziy organi boʻlib, kirish, yashash, ruxsatnoma berish va xalqaro himoya uchun masʼuldir.
Ushbu yangi hamkorlik formati amaliy aloqalarni mustahkamlash va Oʻzbekistonda migratsiya boshqaruv tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan.