platina.uz
Jamiyat

Oʻtkirjon Muysinaliyev Jizzax viloyati hokimiga oʻrinbosar boʻlmagan

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati vaziyatni aniqlashtirib bersa, maqsadga muvofiq boʻlardi.

Oʻtkirjon Muysinaliyev Jizzax viloyati hokimiga oʻrinbosar boʻlmagan

2025 yil fevral oyida Jizzax viloyati hokimining farmoyishi bilan Muysinaliyev Oʻtkirjon Alisherovichga viloyat hokimi oʻrinbosari – investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgan. Hujjatda sababi keltirilmagan.

2025 yil dekabrga kelib, Muysinaliyev ushbu vazifadan ozod etilgani haqida xabar keldi. Platina.uz vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Jizzax viloyati hokimiyati bilan bogʻlandi.

Hokimiyatdagilar hokimning investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari vazifasiga vaqtincha Aziz Ibragimov tayinlanganini tasdiqladilar. Bu ham vaqtincha oʻrinbosar.

Oʻtkirjon Muysinaliyev xizmat safari yakunlangani sababli oʻzining asosiy ish joyi – Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga qaytgan.

Asosiy oʻrinbosar deb koʻrsatilgan Ibrohim Komilov bir yildan beri betob va davolanishda boʻlgan, hozir uning lavozimdan olingan yo olinmagani nomaʼlum.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati vaziyatni aniqlashtirib bersa, maqsadga muvofiq boʻlardi.

Platina.uz ushbu masalaga oydinlik kiritdi va tushunmovchilik uchun Oʻtkirjon Muysinaliyevdan uzr soʻraydi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid