platina.uz
Jamiyat

Navoiyda 10 nafar xodim ichki ishlar safidan chetlatildi

Joriy yilning 10 oyi mobaynida xodimlar tomonidan 100ga yaqin turli xildagi salbiy holatlar sodir etilgan. 

Navoiyda 10 nafar xodim ichki ishlar safidan chetlatildi

Navoiyda 10 nafar xodim ichki ishlar safidan chetlatildi.

Viloyat IIBning barcha shaxsiy tarkibi bilan tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi.

Joriy yilning 10 oyi mobaynida xodimlar tomonidan 93 ta turli xildagi salbiy holatlar sodir etilgan boʻlib, 10 nafar xodim ichki ishlar organlari safidan chetlatilgan.

Yigʻilish davomida ham salbiy harakatlari aniqlangan 13 nafar xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi tayinlandi.

Bundan tashqari, ichki ishlar organlarini xalqchil va professional tuzilmaga aylantirish borasida ijobiy ishlarni jadallashtirish, xodimlarni jangovar va jismoniy shayligini, bilim darajalarini yanada oshirish maqsadida qator chora-tadbirlar belgilab berildi, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid