platina.uz
Jamiyat

Bahodir Siddiqov “Oʻzbekneftgaz” AJ raisligidan ketdi

Siddiqov 2023 yil martidan buyon tashkilotga rahbarlik qilib kelayotgandi. 

Bahodir Siddiqov “Oʻzbekneftgaz” AJ raisligidan ketdi

Sidiqov Bahodirjon Baxromovich “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi lavozimidan ozod etildi.

Bahodir Sidiqov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan ishdan olingan.

Siddiqov 2023 yyil martidan buyon “Oʻzbekneftgaz” AJga rahbarlik qilib kelayotgandi. U avval Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimda faoliyat yuritgan. 2009−2010 yillarda va 2017 yilda "Neftegazinvest" masʼuliyati cheklangan jamiyat direktori lavozimida ishlagandi. 2017-2018 yillarda esa "Oʻzbekneftgaz" AJ raisi oʻrinbosari ham boʻlgan. 2019-2020 yillarda ham ushbu tashkilotni boshqargan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid