Andijonda jamoat transporti narxlari oshadi
Andijon shahrida 2026 yil 1 yanvardan yoʻl haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi.

Andijonda jamoat transporti narxlari oshadi. Bu haqda 2025 yil 17 dekabrda viloyat hokimining qarori eʼlon qilindi.
Mazkur qarorga asosan Andijon shahrida:
- bir yoʻlovchi uchun elektron toʻlov orqali toʻlov amalga oshirilganda 1 martalik ragʻbatlantirish tarif (QQS bilan) – 2 100 (ikki ming bir yuz) soʻm;
- bir yoʻlovchi uchun qatnov naqd pulda amalga oshirilganda cheklangan tarif miqdori (QQS bilan) – 3 000 (uch ming) soʻm;
- avtobus va mikroavtobuslarda hajmi 60 sm x 40 sm x 20 sm dan 100 sm x 50 sm 30 sm gacha boʻlgan va uzunligi 150 sm dan 200 sm gacha boʻlgan buyumlarni hamda oʻlchamidan qatʼiy nazar ogʻirligi 20 kg dan ortiq boʻlgan bir yoʻlovchining bagajni olib yurish xizmati uchun (QQS bilan) – 3 000 (uch ming) soʻm;
-qatnovlar soniga bogʻliq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif (QQS bilan) – 1600 (bir ming olti yuz) soʻm etib belgilanadi.
Andijon shahri yoʻnalishlaridagi avtobus va elektrobuslar salonida 2026 yil 1 yanvardan yoʻl haqqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi va yoʻl haqqini faqat elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.
Mazkur qaror eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, ularga hamrohlik qiluvchilar, Afgʻoniston urushi qatnashchilari, Chernobil halokatini bartaraf etishda qatnashganlar va nogironlarga imtiyoz beriladi.