platina.uz
Jamiyat

Afgʻonistondan kontrabanda qilinib, Buxoroga olib kelingan salkam 5 kg "opiy" qoʻlga olindi

Bunday jinoyatni sodir etgan shaxslar 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishlari mumkin. 

Afgʻonistondan kontrabanda qilinib, Buxoroga olib kelingan salkam 5 kg "opiy" qoʻlga olindi

Afgʻonistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi toʻxtatib qolindi.

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan katta miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Xususan, “Buxoro – Qorakoʻl” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Jentra” rusumli avtotransport vositasi Jondor tumani hududida toʻxtatilib, tekshirildi.

Natijada, Qorakoʻl tumanida yashovchi, 1969 y.t. shaxs va 1973 y.t. xorijiy davlat fuqarosi ketayotgan avtomashina salonida sof vazni 4 kg 715 g boʻlgan “opiy” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Maʼlum boʻlishicha, ular ushbu ajal ogʻusini muqaddam narkokurʼerlar tomonidan Afgʻonistondan kontrabanda qilinib, Buxoro shahri hududiga yashirib ketilgan xufiya joydan olishgan.

Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish...) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Qonunchilikka muvofiq, bunday jinoyatlar sodir etgan shaxslar 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishlari mumkin.

Avvalroq DXX marmar toshlar orasiga yashirilgan 37,5 kg giyohvand modda aniqlagandi.

Chet ellik shaxs qurilishda foydalaniladigan toshlar orasiga giyohvandlik vositalarini yashirib mamlakatga olib kelgan, mahalliy fuqarolar esa ularni sotish bilan shugʻullangan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid