Abrorxoʻja Saidaliyev Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi
U avval Mirzo Ulugʻbek tumani hokimining birinchi oʻrinbosari sifatida ishlagan.

Saidaliyev Abrorxoʻja Rustamxoʻja oʻgʻli Yunusobod hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Abrorxoʻja Saidaliyev 1994 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.
Maʼlumoti oliy – 2017 yilda Oʻzbekiston milliy universiteti, 2021 yilda – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
2018 yildan Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligida ishlab kelgan va 2022 yilning iyun oyidan ushbu tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
Avval Davron Ismatov Sergeli tumani hokimi etib tayinlangandi.