platina.uz
Jamiyat

Toshkent atrofida quriladigan avtoturargohlar poytaxtga shaxsiy avtomobilda kirishni cheklamaydi

Prezident matbuot xizmatining “poytaxtga kelayotgan mehmonlar avtomobilini shaharga kirishda qoldirib, tez va xavfsiz jamoat transportida harakatlanishi mumkin boʻladi”, degan xabari ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda notoʻgʻri talqin qilindi. 

 

Toshkent atrofida quriladigan avtoturargohlar poytaxtga shaxsiy avtomobilda kirishni cheklamaydi

Toshkent atrofida tashkil etilayotgan avtoturargohlar poytaxtga kirishni cheklashni nazarda tutmaydi.

Prezident matbuot xizmatining “poytaxtga kelayotgan mehmonlar avtomobilini shaharga kirishda qoldirib, tez va xavfsiz jamoat transportida harakatlanishi mumkin boʻladi”, degan xabari ayrim OAVlarda va ijtimoiy tarmoqlarda notoʻgʻri talqin qilinmoqda.

Poytaxtga kirish nuqtalarida tashkil etilayotgan turargohlar mehmonlarga shaharga kirishni cheklash yoki avtomobil harakatini taqiqlashni nazarda tutmaydi.

Mazkur turargohlar Toshkentga kelayotgan fuqarolar uchun qoʻshimcha ixtiyoriy tanlov va qulaylik sifatida joriy etilmoqda. Yaʼni, haydovchilar oʻz istagiga koʻra avtomobilini ushbu joylarda qoldirib, qulay jamoat transporti orqali harakatlanish imkoniyatiga ega boʻladi.

Bunday yechimlar dunyoning yirik shaharlarida keng qoʻllanilayotgan amaliyot sifatida fuqarolarga qoʻshimcha qulaylik koʻrinishida taklif etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid