platina.uz
Jamiyat

Qurilish vazirligi binosi 182,5 mlrd soʻmga sotildi

Bino uchun boshlangʻich narx 130 mlrd soʻmdan oshiqni tashkil etgan. Auksionda “O‘zshahar qurilish invest” MChJ gʻolib chiqdi.

Qurilish vazirligi binosi 182,5 mlrd soʻmga sotildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining maʼmuriy binosi qariyb 182,5 mlrd soʻmga sotildi. Bu haqda E-auksion maʼlumotlarida keltirib oʻtilgan. Auksionda “O‘zshahar qurilish invest” MChJ gʻolib chiqdi.

Bino Shayxontohur tumani Abay koʻchasi 6-uy manzilda joylashgan.

Auksion 16 dekabr kuni oʻtkazilgan va bir soat davom etgan. Bino uchun boshlangʻich narx 130 mlrd soʻmdan oshiqroqni tashkil etgan.

Ushbu bino Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 7 martdagi 146-sonli qarori asosida xususiylashtirilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid