platina.uz
Jamiyat

Poytaxtga kirishdagi 2 ta nazorat posti shahar tashqarisiga koʻchadi

Bu nuqtalarga jamoat transporti tarmogʻi bogʻlanadi. Poytaxtga kelayotgan mehmonlar avtomobilini shu yerda qoldirib, tez va xavfsiz jamoat transportida harakatlanishi mumkin boʻladi.

Poytaxtga kirishdagi 2 ta nazorat posti shahar tashqarisiga koʻchadi

Dekabrning boshida Toshkent shahrida transport boshqaruvini takomillashtirish va tirbandlikni kamaytirish boʻyicha alohida qaror imzolangan edi.

Endi yirik megapolislar kabi poytaxtimizda ham transport tizimini yagona yondashuv asosida boshqaradigan markaz faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bu markaz har bir koʻcha, har bir chorrahada transport va piyodalar oqimini sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilib, tirbandlik va yoʻl-transport hodisasining oldini olish bilan shugʻullanadi.

Kelasi yili poytaxtga kirishdagi 2 ta nazorat posti shahar tashqarisiga koʻchadi, 3 tasi rekonstruksiya qilinadi. Bu yerlarda kamida 3,5 mingta yuk va 5,5 mingta yengil avtomobil uchun turargohlar hamda aholi uchun kempinglar barpo etiladi.

Asosiysi, bu nuqtalarga jamoat transporti tarmogʻi bogʻlanadi. Poytaxtga kelayotgan mehmonlar avtomobilini shu yerda qoldirib, tez va xavfsiz jamoat transportida harakatlanishi mumkin boʻladi.

Shahar hokimligiga kelgusi yilda yagona boshqaruv tizimiga ega svetoforlar bilan jihozlangan 100 ta “aqlli” chorrahani yoʻlga qoʻyish, tadbirkorlar bilan 30 mingta avtomobil toʻxtash joyi qurib, 300 ta bekatni rekonstruksiya qilish, 40 kilometr piyoda va 20 kilometr veloyoʻlaklar qurish, 100 kilometr yoʻlni taʼmirlab, Yunusobod va Yashnobodda yoʻl oʻtkazgich va tunnel barpo etish topshirildi.

Kelgusi yilda 200 ta elektrobus olib kelish vazifasi qoʻyildi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid