Ilon Mask boylik boʻyicha yangi rekord oʻrnatdi
Space X kompaniyasi qiymatining keskin oshishi fonida Ilon Maskning boyligi 677 milliard dollarga yetdi. U dunyodagi birinchi trillioner boʻlishga juda yaqin turibdi.

Ilon Mask tarixda ilk bor boyligi 600 milliard dollardan oshgan shaxsga aylandi.
Space X kompaniyasi qiymatining keskin oshishi fonida Ilon Maskning boyligi 677 milliard dollarga yetdi. Natijada u insoniyat tarixida ilk bor shaxsiy boyligi 600 milliard dollardan oshgan odamga aylanib, dunyodagi birinchi trillioner boʻlish sari navbatdagi muhim qadamni tashladi.
Ilon Mask dunyodagi ilk trillioner boʻlish sari yana bir ulkan qadam tashladi. Shu oy boshida Maskga tegishli SpaceX raketa kompaniyasi aksiyalarni sotib olish boʻyicha tender taklifini eʼlon qildi va unda kompaniya qiymati 800 milliard dollarga baholandi. Bu avgust oyidagi 400 milliard dollarlik bahodan ikki baravar yuqori. Bu haqda kompaniyaning ikki nafar investori Forbes nashriga maʼlum qilgan.
Natijada SpaceXʼning taxminan 42 foiz ulushiga ega boʻlgan Maskning boyligi 168 milliard dollarga oshib, 15 dekabr holatiga koʻra 677 milliard dollarga yetdi. Shunday qilib, Mask tarixda ilk bor boyligi 600 milliard dollardan oshgan inson boʻldi. Bungacha hech kimning boyligi 500 milliard dollardan yuqori boʻlmagan.
Mazkur tender taklifi SpaceXʼning 2026 yilda aksiyalarni ommaviy sotuvini oʻtkazishni rejalashtirayotgani bilan bogʻliq boʻlib, kompaniya taxminan 1,5 trillion dollarga baholashi mumkin.
Hatto aksiyalar koʻzlangan bahodagi sotilmasa ham, Forbes hisob-kitoblariga koʻra, SpaceXʼdagi taxminan 336 milliard dollarlik ulushi hozir Maskning eng qimmat aktiviga aylandi. Teslaʼdagi 12 foizlik ulushi esa 197 milliard dollarga baholanmoqda. Bu hisob-kitobga 2018 yilda berilgan, ammo 2024 yil yanvarida Delaver shtati sudi tomonidan bekor qilingan bosh direktorlik opsionlari kiritilmagan.
Forbes ushbu opsionlarning qiymatini, Maskning Delaver Oliy sudiga bergan apellyatsiyasi natijasi kutilayotganini inobatga olib, 50 foizga kamaytirib, 69 milliard dollar deb baholagan.
Agar Mask apellyatsiyani yutqazsa ham, Tesla unga trillioner boʻlishning muqobil yoʻlini taqdim etishi mumkin. Sababi, noyabr oyida Tesla aksiyadorlari rekord darajadagi maosh paketini maʼqulladi.
Agar Tesla kelgusi oʻn yil ichida bozor qiymatini sakkiz barobardan koʻproq oshirish kabi “Marsga uchish” deb atalgan koʻrsatkichlarga erishsa, Mask soliqlar va cheklangan aksiyalarni ochish xarajatlaridan oldin hisoblaganda, 1 trillion dollargacha boʻlgan qoʻshimcha aksiyalarni qoʻlga kiritishi mumkin.
Bundan tashqari, Maskning XAI Holdings kompaniyasi yangi investitsiya jalb qilish boʻyicha muzokaralar olib borayotgani aytilmoqda. Bu jarayonda kompaniya 230 milliard dollarga baholanishi mumkin.
600 milliard dollarlik boylik chegarasidan oshib oʻtish Maskning soʻnggi besh yil ichida erishgan ketma-ket yutuqlarining navbatdagisi xolos. 2020 yil mart oyida uning boyligi atigi 24,6 milliard dollar edi. Tesla aksiyalarining keskin oʻsishi tufayli u oʻsha yilning avgustida boyligi 100 milliard dollardan oshgan tarixdagi beshinchi odamga aylandi. 2021 yil yanvarida esa qariyb 190 milliard dollarlik boylik bilan ilk bor dunyoning eng boy odami boʻldi.
2021 yil sentabrida Mask 200 milliard dollarlik boylikka ega boʻlgan tarixdagi uchinchi inson boʻldi (undan oldin Amazon asoschisi Jeff Bezos va LMVH rahbari fransiyalik Bernard Arno bu marrani zabt etgan).
Keyinchalik Mask 2021 yil noyabrida 300 milliard, 2024 yil dekabrida 400 milliard va 2025 yil oktabr oyida 500 milliard dollarlik koʻrsatkichlarga erishdi. (Oracle asoschisi Larri Ellison 300 va 400 milliard dollar chegaralarini bosib oʻtgan yagona boshqa inson hisoblanadi.)