FIFA The Best: Dembele dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
2025 yilning eng yaxshi murabbiyi unvonini esa PSJ ustozi Luis Enrike qoʻlga kiritdi.

Qatar poytaxti Dohada FIFAning "2025 yilning eng yaxshilari"ni taqdirlash marosimi yakunlandi.
PSJ yulduzi Usmon Dembele bu yil jahonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U avval "Oltin toʻp"niyam qoʻlga kiritgandi.
Marosimning toʻliq natijalari quyidagicha:
-2025 yil FIFAning eng yaxshi futbolchisi – Usmon Dembele (PSJ, Fransiya).
-2025 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi – Aitana Bonmati (Barselona, Ispaniya).
-2025 yilning eng yaxshi murabbiyi – Luis Enrike (PSJ).
2025 yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi – Sarina Vigman-Glotsbax (Angliya).
2025 yilning ramziy jamoasi – Donnarumma, Hakimi, Pacho, van Deyk, Mendes, Palmer, Bellingem, Vitinya, Pedri, Yamal, Dembele.
2025 yilning eng yaxshi ayollar futbol jamoasi – Hampton, Bronze, Batlle, Uilyamson, Paredes, Bonmati, Guijarro, Pina, Caldentey, Russo, Putellas.
2025 yilning eng yaxshi futbol darvozaboni – Janluiji Donnarumma (Manchester Siti, Italiya terma jamoasi).
2025 yilning eng yaxshi ayollar futbol darvozaboni – Hanna Hampton (Chelsi, Angliya terma jamoasi).
2025 yilning eng yaxshi goli – Santyago Montiel.
2025 yilning eng yaxshi ayollar futbol goli – Lisbet Ovalle.