Erkinjon Turdimovga sunʼiy intellekt boʻyicha maslahatchi tayinlandi
Oybek Anvarov avval “IT-Park” texnologik parkining Sirdaryo viloyati filialini boshqargan.

Sirdaryo viloyati hokimiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchi tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning tegishli qarori bilan Anvarov Oybek Toʻlqinjonovich Sirdaryo viloyati hokimining raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Oybek Anvarov ushbu tayinlovga qadar “IT-Park” Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Sirdaryo viloyati filiali rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.