Alisher Sultonov lavozimidan ozod etildi
U Prezidentning energetik xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlayotgandi.

Alisher Sultonov lavozimidan olindi.
Prezidentning farmoni bilan, Alisher Saidabbosovich Sultonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik boʻyicha vakili lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Alisher Sultonov 2015-2018 yillarda "Oʻzbekneftgaz"ga rahbarlik qilgan, 2017 yil noyabridan Bosh vazir oʻrinbosari — Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
2023 yil mayida u prezidentning neft-gaz, kimyo va energetika masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlayotgani maʼlum boʻlgandi.
Uning ishdan ketish sababi hozircha mavhumligicha qolmoqda. U shu yil iyulda ushbu lavozimga qayta tayinlangandi.
Sultonov energetika vaziri boʻlib ham ishlagan. Oʻsha paytda bergan intervyusida "gazimiz uchta Oʻzbekistonni boqishga yetadi" degan edi.