platina.uz
Jamiyat

9,2 mlrd soʻmdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilishlari aniqlandi

Gʻuzor tuman obodonlashtirish boshqarmasining 1,2 mlrd soʻmga yaqin, Angor tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 1,8 mlrd soʻmlik xaridlarida raqobat qoidalariga amal qilinmagan. 

9,2 mlrd soʻmdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilishlari aniqlandi

9,2 mlrd soʻmdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilishlar aniqlandi.

Raqobat qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan davlat xaridlari sohasida amalga oshirilgan monitoring va kelib tushgan murojaatlarni oʻrganishlar natijasi eʼlon qilindi.

Xususan:

Namangan viloyati misolida

- Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Namangan viloyati, Mingbuloq tumani boʻlimining 1 ta 376 mln soʻmlik;

Qashqadaryo viloyati misolida

- Gʻuzor tuman obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 1,2 mlrd soʻmga yaqin;

- “Shahrisabz tuman yoʻllardan foydalanish” unitar korxonasining 1 ta 491 mln. soʻmlik;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi misolida

- Shumanoy tumani Obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 28 mln soʻmlik;

- Nukus Muruvvat ayollar uchun internat uyining 1 ta 893 mln soʻmlik;

- "OʻZDAVERLOYIHA" Davlat ilmiy-loyihalash instituti Qoraqalpogʻiston respublikasi boʻlinmasining 1 ta 1 mlrd soʻmdan ortiq;

Samarqand viloyati misolida

- Samarqand viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining 1 ta 215 mln soʻmlik;

Sirdaryo viloyati misolida

- Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining 1 ta 180 mln soʻmlik;

Surxondaryo viloyati misolida

- Respublika Sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Surxondaryo filialining 1 ta 120 mln soʻmlik;

- Angor tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 1 ta 1.8 mlrd soʻmga yaqin;

- Termiz tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 1 ta 50 mln soʻmlik;

Xorazm viloyati misolida

- Xiva "Xiva ixtisoslashtirilgan maxsus internat uyi"ning 1 ta 1,9 mlrd soʻmlik;

Toshkent viloyati misolida

- “OʻZBEKISTON TEXNOLOGIK METALLAR KOMBINATI” AJning 3 ta 1 mlrd soʻmdan ortiq;

Eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarini oʻrganish natijasida Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, yaʼni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar aniqlangan.

Yuqoridagilarga muvofiq, Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli taʼsir choralari qoʻllanildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.

Avvalroq Raqobat qoʻmitasi "Ajr Qora Sedana"ni jarimaga tortgandi.

Ushbu biologik faol qoʻshimcha mashhur shaxslar tomonidan reklama qilinib, mahsulotning davolash xususiyatiga ishontirishga urinishlar kuzatilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid