platina.uz
Jamiyat

6 oydan keyin har bir tumanda 5 km.li soyali koʻchalar boʻladi

Prezident poytaxt ekologiyasi masalasiga yana bir bor eʼtibor qaratdi.

6 oydan keyin har bir tumanda 5 km.li soyali koʻchalar boʻladi

2026 yil 1 iyungacha har bir tumanda 5 kilometrli 3 tadan soyali sayr koʻchalari foydalanishga topshiriladi. Har 10 ta mahalla uchun 1 tadan yashil bogʻ barpo qilish boʻyicha alohida dastur boshlanadi.

Shavkat Mirziyoyev dunyoning yirik shaharlari kabi Toshkentda ham ekologiya masalasi dolzarb ekanini aytgan. Buning uchun uch oyda poytaxtning 4 ta qismida sunʼiy koʻl va havzalar qurish loyihalarini tayyorlab, ishlarni boshlashni topshirgan.

2026 yilda shaharda 18,5 kilometr kanal qirgʻoqlari mustahkamlanadi. Bu joylarda ham yashil hududlar va sayilgohlar tashkil qilishni zarurligi qayd etilgan.

Shuningdek, Bektemir, Sergeli va Yangihayotdan oʻtgan Chirchiq daryosining 16 kilometr qismini mustahkamlash hisobiga qoʻshimcha 800 gektar ochiladi. Bu yerlarda ham 200 gektarda “yashil belbogʻ”, 250 gektarda ichki yoʻllar, sayilgohlar, piyoda va veloyoʻlaklar qurilishi kerakligi bildirilgan.

Maʼlumot uchun, Oxford economics nashrining “Global shaharlar indeksi” reytingida Toshkent shahri dunyodagi mingta shahar orasida 471-oʻrinni egallagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid