platina.uz
Siyosat

Saida Mirziyoyeva masʼullarni xulosa chiqarishga chaqirdi

"Biz hali ham statistikani oshkor qilishdan, taʼna-malomatga qolishdan, obroʻimiz toʻkilishidan qoʻrqamiz, tanqidni qabul qilolmaymiz", dedi Prezident administratsiyasi rahbari.

Saida Mirziyoyeva masʼullarni xulosa chiqarishga chaqirdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva barcha masʼul rahbarlarni zoʻravonlik boʻyicha tegishli xulosa chiqarishga chaqirdi. Zoʻravonlikning har qanday koʻrinishiga qarshi murosasiz kurash, ayollar va bolalarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish quruq gapda emas, amalda namoyon boʻlishi kerak, dedi u.

Bugun Saida Mirziyoyeva masʼul rahbarlar bilan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni taʼminlash, ularga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish, erta homiladorlik sabablari va ularning oldini olish choralari kabi masalalarni muhokama qildi.

"Biz oilaviy zoʻravonlikka qarshi qonun qabul qilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlatmiz. Bolalarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlikni ham kuchaytirdik. Ammo bu bilan cheklanib qolmaslik kerak. Zoʻravonlik holatlariga qarshi tezkor chora koʻrishning samarali tizimini ishlab chiqish zarur", deya taʼkidladi Saida Mirziyoyeva.

Uning taʼkidlashicha, masʼullar hali ham statistikani oshkor qilishdan, taʼna-malomatga qolishdan, obroʻi toʻkilishidan qoʻrqadi, tanqidni qabul qilolmaydi.

"Inson taqdiri statistikadan ming karra muhimroq", dedi PA rahbari.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid