Giyohvand moddalar savdosi va isteʼmoli boʻyicha jazo kuchaytiriladi
Jamoat joylarida giyohvandlik yoki psixotrop vositalar, ularning analoglarini isteʼmol qilgani uchun 25 million soʻmgacha jarima va 15 sutkagacha qamoq koʻzda tutiladi.

Giyohvandlik moddalar savdosi, ishlab chiqarish, saqlash yoki noqonuniy isteʼmoli uchun jazoni kuchaytirish maqsadida Jinoyat kodeksiga qoʻshimchalar kiritilmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov maʼlum qildi.
Jumladan:
- 149-moddaga 12 qoʻshimcha bilan, taʼlim muassasalari, ularning yotoqxonalari, oromgohlar, sport sogʻlomlashtirish maskanlari va ularga tutash hududlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yohud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda, internet yoki har qanday kommunikatsiya vositasida sotish yoki saqlash 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi;
- 187-moddaga 1 qoʻshimcha bilan, jamoat joylarida giyohvandlik yoki psixotrop vositalar, ularning analoglarini isteʼmol qilgani uchun 25 million soʻmgacha jarima va 15 sutkaga qamoq;
- 149-moddaga 14-15 qoʻshimchalar bilan, giyohvandlik vositalari savdosini transchegaraviy jinoiy guruh manfaatlari uchun yoki uyushgan guruh tomonidan telekomunikatsiya va internet tarmogʻidan foydalanib amalga oshirilgan boʻlsa, 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari belgilanmoqda.