platina.uz
Jamiyat

AQShdagi otishmada oʻzbekistonlik talaba halok boʻldi

Oʻzbekistonning AQShdagi vakolatxonalari tegishli idoralari bilan mazkur voqea yuzasidan ish olib borayotganini maʼlum qildi. 

AQShdagi otishmada oʻzbekistonlik talaba halok boʻldi

AQShdagi otishmada oʻzbekistonlik talaba halok boʻldi.

AQShning Rod-Aylend shtati, Providens shahrida joylashgan Braun universiteti hududida sodir boʻlgan fojeali otishma oqibatida oʻzbekistonlik talaba MuhammadAziz Umurzoqov halok boʻldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekistonning AQShdagi vakolatxonalari vakillari marhumning qarindoshlari bilan doimiy aloqada boʻlib, AQShning tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha masalalar yuzasidan yaqindan ish olib bormoqda.

Otishmada toʻqqiz kishi ham jarohat oldi, ulardan biri shifoxonadan chiqarildi, ikkinchisi esa ogʻir, ammo barqaror ahvolda.

AQSh rasmiylari jinoyatda gumonlanuvchini hibsga olganini eʼlon qilishdi: u 24 yoshli Benjamin Erikson, u avval Vashingtonda yashagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid