platina.uz
Jamiyat

Bojxona boshqarmasi katta tezkor xodimi va tuman kadastr boʻlimi rahbari qoʻlga olindi

Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimi noqonuniy tarzda fuqarodan 400 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Bojxona boshqarmasi katta tezkor xodimi va tuman kadastr boʻlimi rahbari qoʻlga olindi

Korrupsiya va firibgarlik holatlariga chek qoʻyildi.

DXX Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi. Unda Bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi katta tezkor xodimi noqonuniy tarzda fuqarodan 400 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu tezkor vakil xizmat mavqeidan foydalanib, Termiz tumanida yashovchi fuqaroning 20 ming AQSh dollarini deklaratsiya hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, tanishlari yordamida “Sariosiyo” chegara bojxona posti orqali Tojikiston Respublikasiga oʻtkazib berishni vaʼda qilgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 25,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

DXX Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, viloyatdagi tumanlardan birining Kadastr boʻlimi boshligʻi mahalliy fuqaroga tegishli oziq-ovqat doʻkonining tashqi tomoniga qurilgan bostirma (naves) uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 5 mln soʻm talab qilib, 3 mln soʻm olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Namangan boʻlinmasi Kosonsoy tumani yuriskonsulti mahalliy fuqarodan 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

U oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida fuqaro oʻzining yashash xonadonida elektr tarmogʻiga noqonuniy ulanganligi holati aniqlangani boʻyicha tuzilgan dalolatnomaga asosan chiqarilgan 28,6 mln soʻm jarimani elektron tizimga kiritmasdan bartaraf etishni vaʼda qilgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Avvalroq DXX ikki nafar soliq bosh inspektorini qoʻlga olgandi.

Ular tadbirkordan korxonasi kam miqdorda soliq toʻlayotganini aytib, pul talab qilishgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid