"Aviasozlar" bozorida yongʻin yuz berdi
Yongʻin bir yarim soat ichida bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yoʻq.

Toshkentdagi "Aviasozlar" bozori hududida yongʻin yuz berdi.
13 dekabr kuni soat 01:30 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Beshariq koʻchasida joylashgan "Aviasozlar" bozori hududida maʼmuriy binoda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar qildi.
Shunga koʻra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yongʻin oʻchirish ishlari olib borilgan.
Hodisa bir yarim soat vaqtda bartaraf etilgan
Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan, deyiladi xabarda.