Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev va Hasanboy Doʻsmatovlar jahon chempionligini qoʻlga kiritdi
Dubay shahrida boks boʻyicha kattalar oʻrtasidagi IBA Jahon chempionatida navbatdagi gʻoliblar aniqlandi.

Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev uch karra - Jahon chempioni boʻldi.
Dubay shahrida boks boʻyicha kattalar oʻrtasidagi IBA Jahon chempionatida navbatdagi gʻolib aniqlandi.
-67 kg vazn toifasidagi finalda rishtonlik Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev rossiyalik Yevgeniy Koolni magʻlub etdi.
Shuningdek, Hasanboy Doʻsmatov ikki karra jahon chempioniga aylandi.
IBA tomonidan Dubayda oʻtkazilayotgan boks boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Oʻzbekiston vakili Hasanboy Doʻsmatov 51 kg vaznda Rossiya vakili Bair Batlayevni magʻlub etib, jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.
Finalda yana quyidagi bokschilarimiz rossiyalik sportchilarga qarshi ringga chiqishadi.
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Vsevolod Shumkov (Rossiya)
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Jambulat Bijamov (Rossiya)
-92 kg: Toʻrabek Xabibullayev - Muslim Gajimagomedov (Rossiya)
+92 kg: Arman Maxanov - David Surov (Rossiya).