Turkmaniston orqali yuk tashish hajmi 30 foizga oshdi
Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

Turkmaniston orqali yuk tashish hajmi 30 foizga oshdi, jumladan, Turkmanboshi porti orqali yetkazib berish faollashdi.
Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb bir milliard dollarga yetdi. “Shovot-Toshhovuz” chegaraoldi savdo zonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashi va Hududlar forumining boʻlajak yigʻilishlarida savdo hajmini karrasiga oshirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, xususan, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni samarali ilgari surish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish kuchaytiriladi.