Saida Mirziyoyeva Rim papasi bilan uchrashdi
Uchrashuv Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" mukofoti hayʼati yigʻilishi doirasida boʻlib oʻtdi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Rim papasi bilan uchrashdi.
Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" mukofoti hayʼati yigʻilishi doirasida Rim Papasi Lev XIV bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
"Mukofotning madaniyatlararo va dinlararo anglashuvni kengaytirishga qaratilgan faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muhokama qildik.
Oʻzbekistonda turli konfessiyalar vakillari, jumladan katoliklar, totuvlik va bagʻrikenglik muhitida yashayotgani taʼkidlandi. Mukofot bu qadriyatlarni xalqaro miqyosda mustahkamlashga intilmoqda", deya yozadi Mirziyoyeva.

Butun dunyoda ishonchni mustahkamlash va insonparvarlik tamoyillarini ilgari surishga qaratilgan loyihalar ustida hamkorlikda ishlashga tayyorlik bildirildi.




