platina.uz
Jamiyat

Farmatsevtikadagi lobbistlarga qarshi kurash yoʻli topildi

Platina.uz saytining ushbu savoliga Farmatsevtika agentligi direktori javob berib oʻtdi.

Farmatsevtikadagi lobbistlarga qarshi kurash yoʻli topildi

Farmatsevtikada lobbizmning oldini olish uchun referent narxlar toʻgʻri belgilanib, shifokorlarga beriladigan marja olib tashlandi. Bu haqda matbuot anjumanida Platina.uz savoliga Farmatsevtika agentligi direktori Abdulla Azizov javob berdi.

"Biz bu boʻyicha muammoning oldini olishga harakat qilyapmiz. Muammo bor, bu muammo qanday shakllanganini rahbariyatga ham aytdik. Buning oldini olish uchun referent narxlarni toʻgʻrilash jarayoni boshlangan. Agar referent narxlarni toʻgʻri belgilasak, yaʼni vrachlarga beriladigan marjani olib tashlasak, distribyuterlar shifokorga pul berolmaydi, lobbizm boʻlmaydi. Shifokor ham manfaatdor boʻlmagach, bu narsani yozib bermaydi", dedi u.

Uning taʼkidlashicha, hozirgi kunda dorilarni olib kirgan koʻplab distribyuterlar Oʻzbekistondan chiqib keta boshlagan. Referent narx tushgach, marja olib tashlangandan keyin Oʻzbekiston bozorida ularga foyda qolmayapti.

"Aksincha, shu tufayli Oʻzbekistonni tark etgan Yevropaning yaxshi kompaniyalari hozir qayta boshlashdi. Yaʼni shaffolik, qatʼiy nazorat boʻlgani uchun raqobat ham kuchayyapti", dedi Azizov.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid