"Farmatsevtikada korrupsion sxema avj olib ketgan"
Shu maqsadda Oʻzbekistonda elektron retsept amaliyoti yoʻlga qoʻyilmoqda.

Farmatsevtikada korrupsion sxemalar rivojlanib ketgan, demoqda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov.
“Bitta dori vositasi 82 ta nom bilan mamlakatga olib kelinmoqda. Bunda korrupsion sxemalar ham rivojlanib ketgan”, dedi Abdulla Azizov.
Ayni paytda Abdulla Azizov boshchiligida retseptsiz olib kiriladigan dori vositalari haqida onlayn anjuman boʻlib oʻtmoqda.
Unda aytilishicha, Oʻzbekistonda retseptsiz beriladigan dorilar soni 11 825 tani tashkil etyapti.
Mamlakatga import qilinayotgan 4971 ta dori turi faqat Oʻzbekiston uchun ishlab chiqariladi. Eng koʻp dori vositalari asosan Hindistondan kirib kelmoqda.
"Elektron retsept" tizimi hozirda Toshkent shahri va normativ hujjatlar bilan belgilangan 15 ta tumanda joriy etilmoqda. Tizimni butun respublika boʻylab kengaytirish 2026 yil oxirigacha bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, bu — natijalarni tahlil qilish, aniqlangan tashkiliy va texnik muammolarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Koʻzlangan maqsad — zaif jihatlarni aniqlash va toʻliq joriy etishdan oldin mexanizmlarni takomillashtirishdan iborat.
