platina.uz
Jamiyat

Dam va bayram kunlari, favqulodda holatlarda dori sotib olish qanday boʻladi?

Elektron retsept amaliyoti paytida mazkur masala koʻpchilik tomonidan kun tartibiga qoʻyilgan edi.

Dam va bayram kunlari, favqulodda holatlarda dori sotib olish qanday boʻladi?

Elektron retsept amaliyoti davrida dam olish va bayram kunlari, favqulodda holatlarda dorixonalardan dori sotib olishda muammo yuzaga kelmaydi, demoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼullari matbuot anjumanida.

Xususan, barcha shifoxona va poliklinikalarda bayram va dam olish kunlari navbatchilik joriy etilgan. Qolaversa, agar favqulodda tezkor yordam kerak boʻlib qolsa, tibbiy yordamga qoʻngʻiroq qilish mumkin.

SSV masʼullarining fikricha, poliklinikalar bir yildan beri elektron navbatlar bilan ishlab, tajribasini oshirgan. Elektron retsept yozishda ham muamo boʻlmasligiga ishontirishmoqda.

"Favqulodda holatlarda, shuningdek, bolalarga, keksa yoshdagi shaxslarga va surunkali kasallikka chalingan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatishda hech kim zarur dori vositalarisiz qolmaydi. Ushbu toifadagi bemorlar alohida nazoratda boʻladi", dedi Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillari.

Yangi tizimni joriy qilish davri mobaynida Sogʻliqni saqlash vaziri rahbarligida doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tashkil etilgan. Ushbu guruh tarkibiga shifokorlar, dorixona tashkilotlari va AKT mutaxassislari kiradi. Ishchi guruh tizimning amalda qoʻllanilishini muntazam monitoring qiladi, fuqarolar va tibbiyot xodimlarining murojaatlarini koʻrib chiqadi, poliklinikalarga tushayotgan yuklamani, raqamli servislar barqarorligini va dori vositalarini berish tartibini tahlil qiladi. Zarur hollarda tezkor tarzda tegishli tuzatishlar kiritiladi.

Shifokor retseptisiz beriladigan asosiy hayotiy muhim dori vositalarining bazaviy roʻyxati shakllantirilgan. Uning maqsadi — kundalik va favqulodda maishiy holatlarda aholiga tezkor tibbiy yordam olish imkoniyatini taʼminlashdir. Roʻyxat xalqaro amaliyot, shifokorlar tavsiyalari va hayotiy holatlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy axborot resurslarida eʼlon qilingan. Bu jarayonda u amaliy qoʻllanish natijalari va kelib tushayotgan takliflar asosida aniqlashtirilishi va toʻldirilishi mumkin.

Toshkent shahri va 15 ta tajriba hududlarida joylashgan dorixonalarda joriy qilingan “Elektron retsept” tizimi doirasida vujudga kelayotgan murojaatlarni qabul qilish uchun telegram @ssv_pilotbot tashkil etildi. Ushbu bot orqali ushbu tizim va dori vositalarini berish bilan bogʻliq barcha murojaatlar ustuvor tartibda koʻrib chiqiladi.

Shuningdek, ishonch telefoni ham ishga tushirilgan: 71 2025000.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid