platina.uz
Jamiyat

Axborotlashtirish sohasida nazorat inspeksiyasiga yangi vakolatlar beriladi

Tashkilot axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazoratini amalga oshiradi. 

Axborotlashtirish sohasida nazorat inspeksiyasiga yangi vakolatlar beriladi

Axborot texnologiyalari sohacida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi.

“Axborot va raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–371-son, 11.12.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi quyidagi sohalarda maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi:

-axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazoratini amalga oshirish;

- ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish hamda ular tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qilish;

- bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish.

2027 yil 1 yanvargacha quyidagi imkoniyatlarga ega “Raqamli nazorat” platformasi ishga tushiriladi:

- aholi istiqomat qilayotgan, jumladan, olis va chekka hududlardagi raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohalarida koʻrsatilayotgan xizmatlarni monitoring qilish;

- axborot tizimlari, resurslari, dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlar bazalarida yuzaga kelgan uzilish yoki toʻxtalish holati boʻyicha tegishli choralar koʻrish;

- jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tezkor koʻrib chiqilishini tashkil etish.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid