Paragvay Oʻzbekiston bozoriga kirmoqchi
Shavkat Mirziyoyev va Santyago Penya qoʻshma bayonot imzoladilar.

Oʻzbekiston va Paragvay prezidentlari Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilishi doirasida bozorga kirish masalalari boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirildi.
Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Santyago Penya qoʻshma bayonotni imzoladilar.
Shuningdek, yetakchilar Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuv mexanizmini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi ham boʻlib oʻtdi.