platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekiston-Paragvay munosabatlari yangi bosqichga koʻtarildi

Shavkat Mirziyoyev Lotin Amerikasi davlati rahbari tomonidan Oʻzbekistonga ilk bor amalga oshirilayotgan ushbu tashrif tarixiy ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. 

Oʻzbekiston-Paragvay munosabatlari yangi bosqichga koʻtarildi

Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara oʻtkazdilar.

Oʻzbekiston bilan Paragvay oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston yetakchisi Paragvay rahbarini samimiy qutlar ekan, Lotin Amerikasi davlati Prezidenti tomonidan Oʻzbekistonga ilk bor amalga oshirilayotgan ushbu tashrif tarixiy ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Mazkur sammit ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni rivojlantirishda yangi davrni boshlab berishi taʼkidlandi.

Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, savdo-iqtisodiyot, madaniy-gumanitar, taʼlim va boshqa sohalarda kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Oʻzaro savdoni koʻpaytirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish va oʻzaro manfaatli sohalarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligini tasdiqladilar.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid