platina.uz
Jamiyat

Metan zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritiladi

Cheklovlar mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklar asosida joriy etiladi. 

Metan zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritiladi

Oʻzbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritiladi.

Qoʻshni davlatdagi gaz tarmogʻida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqarganligi sababli quyidagi zarur choralar koʻrilmoqda, deya xabar beradi Energetika vazirligi.

Birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obʼektlarini (maktab, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, shifoxonalar, oliy taʼlim muassasalari, issiqlik elektr stansiyalari va boshqalar) tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash bosh vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obʼektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishini oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid