platina.uz
Jamiyat

DXX ikki nafar soliq bosh inspektorini qoʻlga oldi

Ular tadbirkordan korxonasi kam miqdorda soliq toʻlayotganini aytib, pul talab qilishgan. 

DXX ikki nafar soliq bosh inspektorini qoʻlga oldi

Tadbirkorlarga koʻz olaytirgan amaldorlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Toshkent shahar Olmazor tumani Soliq inspeksiyasining ikki nafar bosh inspektori eshik va romlar ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonada tekshiruv oʻtkazib, goʻyoki korxona har oyda kam miqdorda soliq toʻlab kelayotganligini vaj qilgan. Soʻngra toʻlanmagan soliqlar uchun jarima qoʻllamaslik evaziga 10 mln soʻm talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda soliqchilar soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq qoʻshni davlatdan kontrabanda qilingan narkotikning yirik partiyasi ushlangandi.

Narkosavdogarlar salkam 3 kg hajmdagi giyohvandlik vositasini Toshkent shahrida sotmoqchi boʻlishgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid