Asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi
2025 yil yakuniga inflyatsiya prognozi 7,3 foizga pasaytirildi.

Markaziy bank boshqaruvining 2025 yil 11 dekabrdagi yigʻilishi yakunlari eʼlon qilindi.
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi.
Inflyatsiya pasayishda davom etmoqda: noyabrda umumiy inflyatsiya yillik — 7,5%, bazaviy inflyatsiya — 6,3%.
2025 yil yakuniga inflyatsiya prognozi 7,3% ga pasaytirildi.
2026 yil inflyatsiya prognozi 6,5% atrofida.
Iqtisodiy oʻsish yuqori: yil yakuni boʻyicha 7–7,5% kutilmoqda.
Taklif omillari boʻyicha xatarlar saqlanmoqda (oziq-ovqat taklifi, transport narxlari va tartibga solinadigan narxlar indeksatsiyasi).
Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar pasayishi fonida real foiz stavkalari yuqori boʻlib, milliy valyutada jamgʻarmalar oʻsmoqda.
Moliyaviy inklyuzivlik oshishi sababli chakana kreditlash yuqori surʼatda davom etmoqda va bu kelgusida inflyatsion bosimni kuchaytirishi mumkin.
Pul-kredit sharoitlari inflyatsiyaning pasayish trayektoriyasiga erishish maqsadida qatʼiy darajada saqlanadi; zaruratga qarab qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Asosiy stavkani navbatdagi koʻrib chiqish 2026 yil 28 yanvar kuniga belgilangan.