platina.uz
Iqtisod

Yosh agronomlarga 2 ming dollardan oylik toʻlanadi

Agronomlik sirlarini oʻrgatgan fermer va klasterga har bir talaba uchun 5 million soʻmdan pul, talabaga esa 1,5 million soʻm stipendiya toʻlanadi. 

Yosh agronomlarga 2 ming dollardan oylik toʻlanadi

Prezident qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari bilan uchrashdi.

“Mirzachoʻl” klasteri choʻl sharoitida bu yil paxtadan gektariga 50-55 sentnerdan hosil oldi, unga biriktirilgan 27 nafar fermer esa hosildorlikni 85 sentnergacha olib chiqdi.

Ushbu tajribani ommalashtirish uchun Mirzachoʻlda innovatsion qishloq xoʻjaligi maktabi tashkil qilinmoqda. Butun respublikadagi 1 ming nafar fermer ushbu maktabda choʻl sharoitida paxta yetishtirish boʻyicha oʻqitiladi. Mazkur maktabda oʻqib, sertifikat olgan fermerlarga reytingda qoʻshimcha 10 ball beriladi.

Shu bilan birga, ilgʻor fermerlarni ustoz sifatida kam hosil olayotgan fermerlarga biriktirib, har ikki tomonga ham manfaatli boʻladigan tizim qilinadi.

Ustoz fermerlar oʻz tajribasini shogird fermerga oʻrgatib, hosilni 50 sentnerdan oshirishga koʻmaklashsa, 5 million soʻm mukofot oladi.

Yaxshi agronom – yuqori hosil kafolati.

Shu bois, Agrar universitetning 180 nafar talabasi dual taʼlim asosida ilgʻor klaster va fermerlarda ishlab, amaliyot oʻtaydi.

Agronomlik sirlarini oʻrgatgan fermer va klasterga har bir talaba uchun 5 million soʻmdan pul, talabaga esa 1,5 million soʻm stipendiya toʻlanadi.

Yetarli tajriba va koʻnikma orttirgan yosh agronomlar qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan 167 ta tumanda kafolatlangan ishga yuboriladi.

Ular fermerlar faoliyatiga yangiliklarni olib kirib, sifatli urugʻ va nav, zamonaviy agrotexnologiya yordamida hosildorlikni oshirish va xarajatlarni qisqartirishga koʻmaklashadi.

Bu ishlarni sifatli tashkil qilishi uchun ushbu yosh agronomlarga 2 ming dollardan oylik toʻlanadi. Ana shunda agronomlik yoshlar oʻrtasida eng jozibador kasblardan biriga aylanishi taʼkidlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid