platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida byudjetdan 54 mlrd soʻm ajratildi

Mazkur mablagʻning katta qismi viloyatdagi 42,1 km ichki yoʻllarni taʼmirlashga yoʻnaltiriladi.

Toshkent viloyatida byudjetdan 54 mlrd soʻm ajratildi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev 10 dekabr kuni jami 54 mlrd soʻm pul ajratish haqidagi bir qancha farmoyishlarni imzoladi.

Xususan:

  • Nurafshon shahri Toshkent yoʻli koʻchasida zamonaviy tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish uchun 3 mlrd soʻm;
  • Toshkent viloyatida 42,1 km uzunlikdagi taʼmirtalab ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 20,2 mlrd soʻm;
  • Chirchiq shahridagi Quyosh mahallasida 24/7 rejimda faoliyat yuritadigan koʻcha hamda Yulduz mahallasida yaroqsiz holga kelib qolgan xiyobonni zamonaviy koʻrinishga keltirish drayver loyihasini amalga oshirish maqsadida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish (piyoda yoʻlaklarini qurish, kirish arkalari oʻrnatish, dekorativ soyabonlar va oʻrindiqlar oʻrnatish, yashil maydon barpo etish, lazerli yoritkichlar oʻrnatish va boshqa tadbirlar) uchun 8,9 mlrd soʻm;
  • Boʻstonliq tumanidagi “Qaynarsoy suvoqava” DMning binosiga kelgan suv tarmoqlarini yangisiga almashtirish uchun 10 mlrd soʻm;
  • Ohangaron tumani A-373 avtomobil yoʻlining 21-45 km qismiga ekilgan manzarali daraxtlarni oʻz vaqtida sugʻorish uchun 20 ta quduq qazishga 3 mlrd soʻm;
  • viloyatda kasbiy taʼlim yoʻnalishidagi ishlarni jadallashtirish va taʼlim tashkilotlarining muammo va kamchiliklarini bartaraf etish uchun 5,2 mlrd soʻm;
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi viloyat filialiga radiostansiya vositalarini xarid qilish uchun 1,1 mlrd soʻm;
  • Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining viloyat filialiga tibbiy asbob-uskunalar xarid qilish uchun 1,4 mlrd soʻm;
  • Yangiyoʻl tumani Mingbuloq mahallasida 120 oʻrinli MTT qurishdan yuzaga kelgan qarzdorlikni bartaraf etish uchun 1,2 mlrd soʻm.

Bundan bir oy oldin ham mazkur viloyatda turli maqsadlar uchun byudjetdan 141 mlrd soʻm pul ajratilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid