platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston Qahramoni Abduraim Homidov vafot etdi

U fermerlik harakatining vakili, tashabbuskori sifatida paxtadan yuqori hosil olish boʻyicha oʻziga xos namuna maktabini yaratgandi. 

Oʻzbekiston Qahramoni Abduraim Homidov vafot etdi

Oʻzbekiston Qahramoni Abduraim Homidov 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.

Abduraim Xomidov 1943 yilda Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan.

Mehnat faoliyatini 1960 yildanoq tumandagi «Oʻzbekiston» jamoa xoʻjaligida mexanizatorlikdan boshlagan. Soʻngra shirkat xoʻjaligi pudratchisi, 2007 yildan uzoq yillar mobaynida «Shahand humo qushi» fermer xoʻjaligi rahbari sifatida samarali mehnat qildi. 2017 yildan beri esa mehnat faxriysi edi.

A.Homidov fermerlik harakatining fidoiy vakili, tashabbuskori sifatida paxtadan yuqori hosil olish boʻyicha oʻziga xos namuna maktabini yaratdi. 1993 yilda Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi, 2001 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni, 2004 yilda esa Davlatimizning oliy nishoni - «Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan edi.

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati sifatida ham faoliyat yuritgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid