platina.uz
Jamiyat

Naqd pulga uy-joy va avtomobil sotib olish tartibi bekor qilinadi

Bu toʻlovlar 2026 yil 1 apreldan faqatgina bank kartalari yoki elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshiriladi. 

Naqd pulga uy-joy va avtomobil sotib olish tartibi bekor qilinadi

Naqd pulga uy-joy va avtomobil oldi-sotdisi bekor qilinadi.

“Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–246-son, 10.12.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, quyidagilar 2030 yilgacha yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

- yalpi ichki mahsulotga nisbatan kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini 1,3 baravarga qisqartirish;

- savdo va xizmat koʻrsatish sohalarida aholi tomonidan toʻlovlarni naqd pulsiz amalga oshirish ulushini 75 foizga yetkazish.

2026 yil 1 apreldan quyidagilar uchun toʻlovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshiriladi:

- davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar;

- elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun toʻlovlar;

- alkogol va tamaki mahsulotlari;

- transportlarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash boʻyicha xizmatlar;

- qiymati 25 mln soʻmdan oshadigan tovar va xizmatlar;

- koʻchmas mulk obʼektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olish.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid