platina.uz
Jamiyat

Taniqli pulmonolog olim Abdulla Ubaydullayev vafot etdi

Uning rahbarligida pulmonologiya fanini rivojlantirish boʻyicha ilmiy ishlarga asos solindi. 25 nafar tibbiyot fanlari doktorlari va 39 nafar fan nomzodlarini yetishtirib, Oʻzbekistonda eʼtiborli pulmonologlar maktabini yaratgan.

Taniqli pulmonolog olim Abdulla Ubaydullayev vafot etdi

Oʻzbek ilm-fani ogʻir judolikka uchradi.

Taniqli pulmonolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot Ubaydullayev Abdulla Muharramovich 91 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.

U 1934 yilda tugʻilgan. 1958 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1956-1958 yillarda Toshkent 1-shaxar klinik kasalxonasida feldsher, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti terapiya kafedrasida 1958-1960-yillarda ordinator, 1961-1963-yillarda aspirant, 1964-1967-yillarda assistent, 1967-1968 yillarda dotsent lavozimlarida faoliyat yuritgan.

1965 yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 1974 yilda Moskvada doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1978-yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida klinik pulmonologiya kafedrasini Sobiq ittifoqda birinchilardan boʻlib tashkil etgan.

1979 yilda professor unvoniga ega boʻlgan va bu kafedrani 2014 yilgacha boshqargan. 11 yil mobaynida (1975-1986 yillar) ToshVMOIda terapiya fakulteti dekani, keyinchalik davolash ishi boʻyicha prorektor lavozimlarida ishlagan.

1986 yilda Sil kasalliklari ilmiy tekshirish institutiga direktor etib tayinlandi. Institutda uning raxbarligida ilmiy va amaliy ishlar koʻlami kengaytirildi va pulmonologiya fanini rivojlantirish boʻyicha ilmiy ishlarga asos solindi. U yaratgan pulmonologlar maktabi oʻpkaning nospetsifik kasalliklari epidemiologiyasi va genetik jixatlari xususida ishlab, oʻpka kasalliklarini oldini olish va davolash boʻyicha katta ishlar qilinmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid