Sirdaryo viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi
Otabek Mavlonberdiyev avval Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Sirdaryo viloyati filiali rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.

Otabek Mavlonberdiyev Sirdaryo viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-marifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning tegishli qarori eʼlon qilindi.
Otabek Mavlonberdiyev ushbu tayinlovga qadar Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Sirdaryo viloyati filiali rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangandi.