platina.uz
Jamiyat

Qimorni reklama qilgan 70 ga yaqin saytlar bloklandi

"Reklama toʻgʻrisida"gi qonunning 46-moddasiga muvofiq, qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar reklamasi taqiqlanadi.

Qimorni reklama qilgan 70 ga yaqin saytlar bloklandi

Qimorni reklama qilgan 70 ga yaqin sayt bloklandi.

Raqobat qoʻmitasi tomonidan qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni targʻib qilishga qaratilgan veb-saytlar yuzasidan doimiy oʻrganish va tahlillar olib borildi.

Reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar koʻrish maqsadida Tegishli tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Bunda, bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targʻib qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralari koʻrilmoqda.

Xususan, joriy yilning oʻtgan vaqtida amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targʻib qiluvchi 86 ta veb-saytni bloklash boʻyicha Tegishli nazorat organiga maʼlumotlar kiritilib, shundan 70 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklangan.

"Reklama toʻgʻrisida"gi qonunining 46-moddasiga muvofiq, qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar reklamasi taqiqlanadi.

Qoʻmita tomonidan bu yoʻnalishdagi monitoring ishlari tizimli davom ettirilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid