platina.uz
Jamiyat

Ohangaron tumani hokimi ishdan olindi

Uning oʻrniga Bahromjon Norqobilov hokim lavozimiga tasdiqlandi.

Ohangaron tumani hokimi ishdan olindi

Bugun boʻlib oʻtgan xalq deputatlari Ohangaron tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Doniyor Madirimov vazifasidan ozod qilindi.

Sessiyada maʼruza qilgan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Bahromjon Norqobilov nomzodini Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tavsiya qildi.

Xalq deputatlari Ohangaron tumani kengashi Bahromjon Norqobilovni tuman hokimi etib tasdiqladi.

Sessiyada Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Poʻlat Bobojonov ham ishtirok etdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid