platina.uz
Jamiyat

Ilyosbek Umrzoqov Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi

U avval Andijon viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari sifatida faoliyat olib borgan. 

Ilyosbek Umrzoqov Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi

Marhamat tumaniga hokim tayinlandi.

Umrzoqov Ilyosbek Oʻrinboy oʻgʻli Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.

Umrzoqov Ilyosbek Urinboy oʻgʻli 1988 yilda Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida tugʻilgan.

U 2011 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali (kunduzgi), 2022 yilda Toshkent moliya institutini (sirtqi) tamomlagan. Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Andijon viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.

Marhamat tumaniga avval Oʻtkirbek Mamirov rahbarlik qilgan.

Avvalroq Sirdaryo viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid