Andijon viloyati hokimiga ikki oʻrinbosar tayinlandi
Akmaljon Toʻlanov hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari boʻldi.

Andijon viloyati hokimiga ikki oʻrinbosar tayinlandi.
Toʻlanov Akmaljon Maxammatumarovich Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Toʻlanov Akmaljon Maxammatumarovich 1989 yilda Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida tugʻilgan. U 2013 yilda Andijon mashinasozlik institutini (kunduzgi) tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat olib borgan.
Ismanov Isomiddin Baxriddinovich Andijon viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
Ismanov Isomiddin Baxriddinovich 1981 yilda Andijon viloyatining Andijon tumanida tugʻilgan.
U 2006 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurtini (kunduzgi) tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Tezkor vaziyatlarni tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat olib borgan.
Avvalroq Ilyosbek Umrzoqov Marhamat tumani hokimi etib tayinlangandi.
U avval Andijon viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.