“Susana” operatsiyasi: Isroil unutib yubormoqchi boʻlgan magʻlubiyat
Hujumlar musulmonlarni yomonotliq qilish, ularni terrorchi va vahshiy qilib koʻrsatishi rejalashtirildi. Buning uchun tinch va begunoh odamlar oʻlib ketishi ham yahudiy rahbariyatiga qiziq emas edi.

Isroilning MOSSAD razvedkasi haqida gap ketganda oʻta mukammal va samarali bir tashkilot koʻz oʻngimizga keladi. Ammo uning aksariyat muvaffaqiyatli operatsiyalari Gʻarb razvedkalarining muntazam maʼlumot berishi va moliyalashtirishining samarasi ekani har doim ham oshkor qilinmaydi. Chunki Isroil razvedka xizmatlari hatto shunchalik katta yordam bilan qovun tushirib qoʻygan holatlari juda koʻp uchraydi. Ayniqsa, Gʻarb davlatlarinin ogohlantirmasdan, oʻz tashabbusi bilan uyushtirgan qaysarona operatsiyalari oʻta ahmoqona va noprofessional tarzda amalga oshirilgan va tabiiyki, omadsizlikka uchragan.
Susanna operatsiyasi
Baʼzan biror davlat tarixning yoʻnalishini oʻzgartirish uchun shunday ish qiladiki, keyin u haqda eslashni istamay qoladi, unutishga urinadi. “Susana” operatsiyasi haqidagi tarix – aynan shunday holat: qoʻrquv, siyosiy sinizm, strategik hisob-kitob va inson xatolarining oʻzaro qorishmasidan tugʻilgan, katta shov-shuvga aylangan muvaffaqiyatsizlikdir. U koʻp yillar davomida maxfiy saqlandi.
Misr, 1950-yillar: portlash arafasidagi davr
1950-yillarning boshida Yaqin Sharq qaynab yotgan qozonga oʻxshardi. Misr davlatini Britaniya taʼsiridan qutultirishga intilayotgan, jasur va xarizmatik harbiy zobit – Jamol Abdulnosir mustaqillik haqida goʻyo u allaqachon qoʻlga kiritilgandek gapirar edi. AQSh va Britaniya uning qadamlarini xavotir bilan kuzatar, ammo ulardan ham koʻra koʻproq xavotirga tushayotgan davlat – bu Isroil edi.
Isroil rahbarlarining bu tashvishiga koʻra, agar Britaniya Misrdan chiqib ketsa, hokimiyat boʻshligʻini agressiv arab millatchiligi egallashi va u ertami-kechmi Tel-Avivga zarba berishi mumkin edi. Shu bois MOSSAD ofislarida bir fikr pishib yetila boshladi – “Agar tarixni toʻxtatib boʻlmasa, uni kerakli tomonga burib yuborish lozim!” Shu tariqa Misrda “faol tadbirlar” oʻtkazish gʻoyasi tugʻildi.
Maxfiy rejaning mohiyati
Operatsiyaga begʻubor boʻlib tuyuluvchi nom qoʻyildi – u “Susanna” deb ataldi, ammo rejaning oʻzi oʻta chirkin va ablahona gʻoya edi.
Yangi operatsiyaning maqsadi oddiy va qoʻpol edi: Isroil josuslari Misrda joylashgan Gʻarb davlatlari obʼektlariga bir nechta terror hujumlarini amalga oshirib, keyin bu portlashlarda mahalliy musulmonlarni ayblashi kerak edi. Isroil rahbariyati “shunday qilsak, Britaniya Misrda terrorchilar koʻp ekan, bu yerdan hali ketmaymiz, deb Misrdan oʻz qoʻshinlarini chiqib ketishini toʻxtatadi”, degan xomxayolga bordi.
Hujumlar musulmonlarni yomonotliq qilish, ularni terrorchi va vahshiy qilib koʻrsatishi rejalashtirildi. Buning uchun tinch va begunoh odamlar oʻlib ketishi ham yahudiy rahbariyatiga qiziq emas edi. Yahudiy davlati josuslari kinoteatrlar, AQSh va Britaniya madaniy markazlari, turli omborlar va ofislarga bomba oʻrnatishiga kelishib olindi.
Bunday ablah va noinsoniy reja London va Vashingtonni “Misrning osmoni hamon musaffo emas, Misr hamon beqaror” degan fikrga ishontirib, Britaniyaning Suvaysh kanali hududidagi qoʻshinlarni saqlab qolishga majbur qilishi kerak edi.
Yahudiy josuslari ijrochilar sifatida “131-hujra” deb atalgan yashirin tarmoqni shakllantirishdi. Asosan Misrda yashovchi yosh yahudiy yigit qizlar maxfiy faoliyat uchun yollanildi. Ular Isroilni himoya qilish gʻoyasi bilan ruhlangan edi, ammo katta operatsiyalar oʻtkazish tajribasiga ega emasdi.
Ularni Isroil razvedkasi zobitlari boshqarardi – ayrim manbalarga koʻra, siyosiy rahbariyatdan yashirincha, boshqalarga koʻra esa mudofaa vaziri Pinxas Levonning yopiq roziligi bilan bunday ishlar amalga oshirildi.
Rejalar “oʻxshamay” qolgan kun
1954 yil 11 iyulda yahudiy davlati josuslik xizmatining barcha rejalari chippakka chiqdi.
Agentlardan biri minglab begunoh odamlarni oʻldirishi kerak boʻlgan portlovchi uskunani aytilgan joyga oʻrnatdi. Lekin bomba belgilanganidan avval portlab ketdi. Yosh yahudiy josus qoʻlga tushdi va politsiya uni soʻroq qilib, boshqa josusvachchalarni ham qoʻlga oldi. Ommaviy tintuvlar, qamoqqa olishlar boshlandi.
MOSSAD rejasining omadsizlikka uchrashi shunchaki tasodif emas, balki koʻplab xatolar zanjirining natijasi edi.
Avvalo, ijrochilarning zaif tayyorgarligi bu muvaffaqiyatsizlikka sabab boʻldi. Qolaversa, josusvachchalar uchun yaratilgan yolgʻon va niqob afsonalar juda ishonarsiz edi. Shuningdek, MOSSAD Gʻarb yordamida oʻtkazgan operatsiyalaridan ruhlanib ketib, rostan ham buyuk razvedka ekaniga ishonib qoldi. Oʻta kibrlanib ketgani bois Misr kontrazvedkasini mensimadi. Dushmanni toʻgʻri baholay olmaslik esa har qanday urushda pand berishi tabiiy. Rossiya armiyasi “Kiyevni 3 kunda olamiz” deb, 4 yildan beri urishib yotgani bunga misol.
Qolaversa, Misrda yashovchi sotqin va yahudiy josusvachchalar yaxshi tayyoragarlikdan oʻtmadi yoki anqov-toʻnkalar tanlab olingani bois, oʻrganishga qobiliyati boʻlmadi.
Natijada Misr maʼmuriyati amaldagi agentlar, portlovchi moddalar va maxfiy hujjatlarni qoʻlga kiritdi. MOSSADning ablahona va qonxoʻr rejasi toʻla isbotlandi. Isroil razvedkasi oʻzi qoʻygan tuzoqqa oʻzi tushib qoldi.
Sud va xalqaro munosabat
Qohira shahrida oʻtkazilgan sud – Misr davlatining qudratini ommaga namoyish qilish shousiga aylandi. Ikki josusvachcha – Moshe Marzuk va Shmuel Aze oʻlim jazosiga hukm qilindi. Qolganlari uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. Misr matbuoti bu ishni “sionistik terrorizm”ning fosh etilishi sifatida yoritdi.
Gʻarbda shok yuz berdi: ishonch bildirilgan ittifoqchi – Yahudiy davlatining AQSh va Britaniya obʼektlarini portlatish rejasida ishtirok etgani maʼlum boʻldi.
Misr yahudiy jamoasi, avval ham arosatda yashab kelayotgan boʻlsa-da, katta zarba oldi. Bu sharmandaliklardan keyin koʻplab yahudiy oilalari mamlakatni tark etishga majbur boʻldi.
Isroildagi siyosiy portlash
Bu sharmandalik Isroilning oʻzida ham kuchli siyosiy zanjir reaksiyasini qoʻzgʻatdi. Qoralashlar, maxfiy maʼlumotlar sizdirish bilan bogʻliq oʻyinlar boshlandi.
Mudofaa vaziri Pinxas Levon “Men operatsiyaga buyruq bermaganman”, dedi. Harbiy razvedka boshligʻi Benyamin Gibli esa “Buyruqni aynan Levon bergandi”, deb turib oldi. Yahudiy davlatining harbiy elitasi ularga xos ablahlik bilan aybni boshqa hamkasblariga agʻdarishga urinishdi.
Komissiyalar tuzildi, bekor qilindi, qayta koʻrib chiqildi. Mazkur ish milliy mojaroga aylanib, Levonning karerasiga zarba berdi va Ben-Gurionning siyosiy taʼsirini ham kuchsizlantirdi.
Natijalar
Misr rahbari Jamol Abdulnosir yahudiy davlatining bu ablahligini dalil keltirib, Isroilni arab mamlakatlariga qarshi “maxfiy urush”ni toʻxtatmayotgan davlat ekanini isbotladi. Natijada Misr xalqining unga ishonchi kuchaydi.
Uzoq muddatli oqibatlar yanada jiddiy edi. Isroil razvedka operatsiyalariga qattiqroq nazorat oʻrnatildi. AQSh va Britaniyaning Isroilni “begunoh, mazlum va rostgoʻy farishta” kabi koʻradigan ishonchi soʻndirildi. Misr Isroil taʼsiriga qarshi siyosiy kuch oldi.
Tarixchilar keyinchalik operatsiyani “davlat terrorizmi” namunasi sifatida atadi. Bu voqea davlat oʻz siyosiy manfaati uchun xaos yaratadigan holat sifatida tarixda qoldi.
Abadiy javobsiz savollar
Isroilda va dunyoda oʻnlab surishtiruvlar va tadqiqotlar oʻtkazilgan boʻlsa-da, koʻpgina savollar hamon ochiq qolmoqda:
- Operatsiyani aslida kim tasdiqlagan – Levonmi yoki armiya qoʻmondonligimi?
- Tahlilchilar nega barcha jihatlarni inobatga olmadi?
- Bu ayrim yahudiy zobitlarining xatosimi yoki butun tizim nuqsonimi?
- Va eng muhimi: agar operatsiya muvaffaqiyatli kechganida, tarix yoʻnalishini oʻzgartirgan boʻlarmidi?
Isroilda “Levon ishi” hanuzgacha tizim aybi sifatida qabul qilinadi. Bu voqea – yolgʻon, maxfiylik va shaxsiy ambitsiyalar toʻqnashgan holat sifatida koʻriladi.
Oʻtmishdan saboqlar
Bugun “Susana” operatsiyasi – bu shunchaki magʻlubiyat emas.
Bu – tarixiy saboq. Zero, davlat oʻzini haq deb hisoblagan paytda ham shunday chegara borki, uni bosib oʻtsangiz, sharmandalikka duch kelinadi.
Qolaversa, bu voqea yahudiy davlatining musulmonlarni va arab davlatlarini terrorchiga chiqarish uchun hech narsadan qatymasligini oshkor qildi.
Shuningdek, Isroil oʻz manfaatlari yoʻlida uni boqayotgan va yordam berayotgan Gʻarb davlatlarini ham ayab oʻtirmasligini maʼlum qildi. Dunyoda yuz berayotgan terrorchiliklar va ularda musulmonlarni ayblash kampaniyalarida yahudiy davlati josuslarining ham qoʻli borligi maʼlum boʻldi. Garchi Isroil rejimining oʻzi muntazam terrorchilikdan foydalanib kelgan esa-da, doimo musumonlarni terrorchi sifatida koʻrsatishga urinishi uchun yana bir dalil yuzaga keldi...
Garchi yahudiy josusvachchalar Qohira kinoteatrlariga oʻrnatgan bombalar portlamay qolgan boʻlsa-da, ular Isroilning yolgʻon propaganda yordamida yaratilgan obroʻsini portlatdi. Bu portlash tutunlari esa hamon yashiriladi, uni oqlashga harakat qilinadi.
Abulfayz Sayidasqarov