platina.uz
Jahon

Neftlix kompaniyasi Warner Brosʼni 72 mlrd dollarga sotib oladi

 Bu Gollivuddagi eng yirik bitimlardan biri boʻlishi mumkin. Film sanoatida yangi yirik gigant shakllanadi. 

Neftlix kompaniyasi Warner Brosʼni 72 mlrd dollarga sotib oladi

Neftlix Warner Brosʼning kino va striming bizneslarini 72 milliard dollarga sotib oladi.

Kompaniya uzoq davom etgan raqobat jarayonida Comcat va Paramount–Skydanceʼdan ustun kelib, muvaffaqiyatli xaridor boʻldi.

Neftlix Warner Brosʼning kino va striming biznesini 72 milliard dollarga sotib oladi.

Bu Gollivuddagi eng yirik bitimlardan biri boʻlishi kutilmoqda.

Warner Bros “Garri Potter”, “Taxtlar oʻyini” kabi mashhur franshizalar, shuningdek HBO Max striming xizmatiga egaligi bilan tanilgan.

Bitim yakunlansa, film sanoatda yangi yirik gigant shakllanadi. Biroq bitim hali raqobat organlari tomonidan maʼqullanishi kerak.

Kino sanoatidagi ayrim guruhlar, jumladan Amerika Yozuvchilar Gildi, bitimni tanqid qilib, bu ishchilar va isteʼmolchilarga salbiy taʼsir qilishi mumkinligini taʼkidlamoqda.

Neftlix hammuassisi Ted Sarandos kompaniya bitim boʻyicha maxsus organlardan ruxsat olinishiga juda ishonchi komil ekanini, jarayon toʻliq tezlikda ketayotganini bildirdi.

Uning taʼkidlashicha, Warner Brosʼning boy kutubxonasi va Neftlix ʼning “Stranger Things” kabi mashhur seriallari birlashganda, tomoshabinlarga yanada qiziqarli va sifatli kontent taqdim qila oladi.

Sarandos qoʻshimcha qildi:

“Warner Bros oʻtgan asr koʻngilochar dunyosini yaratgan boʻlsa, biz birgalikda keyingi asrni shakllantiramiz”.

Warner Bros filmlari kinoteatrlarda namoyish etilishi davom etadi. Warner Bros televideniye studiyasi boshqa platformalar uchun ham kontent ishlab chiqarishda davom etadi. Neftlix esa oʻz platformasi uchun maxsus mahsulotlar yaratishda davom etadi.

WB prezidenti va bosh direktori Devid Zaslav esa ushbu kelishuv dunyodagi eng buyuk film ishlab chiqaruvchi ikki kompaniyani birlashtirishini qoʻshimcha qildi.

"Neftlix bilan birlashish orqali biz odamlar butun dunyoda avlodlardan avlodlarga eng taʼsirchan filmlardan bahramand boʻlishini taʼminlaymiz” — dedi u.

Naqd va aksiyalar koʻrinishidagi bitim har bir WB aksiyasi uchun 27,75 dollarni tashkil etadi, kompaniya qarzlari va aksiyalarining umumiy qiymatini oʻz ichiga olgan umumiy korporativ qiymat qariyb 82,7 milliard dollarni tashkil etadi. Aksiyalarning sof qiymati yoki naqd narxi — 72 milliard dollar.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid