platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada Kadastr agentligi bosh inspektori qoʻlga tushdi

U fuqaroga jarima qoʻllamaslik hamda yerni qonuniylashtirib berish evaziga 400 AQSh dollari talab qiladi. 

Fargʻonada Kadastr agentligi bosh inspektori qoʻlga tushdi

Kadastr agentligi bosh inspektori pora bilan ushlandi.

Agentlikning Fargʻona viloyati Rishton tumani boʻlimi bosh inspektori korrupsion xatti-harakatiga chek qoʻyildi.

Dastlabki surishtiruv jarayonida kadastr agentligi bosh inspektori fuqaroning yashash hududida qoʻshimcha yer maydoni qoʻshib olingani va u oʻzboshimchalik egallab olingan yerda qurilish qilgani uchun 84 mln soʻm jarima solinishini bildiradi. Shundan soʻng, bosh inspektor fuqaroga bu vaziyatdan oson qutulish yoʻlini koʻrsatib, unga jarima qoʻllamaslik hamda yerni qonuniylashtirib berish evaziga 400 AQSh dollari talab qiladi.

DXXning Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda boshqa huquq-tartibot idoralari hamkorligida fuqaro arizasi asosida oʻtkazilgan tezkor tadbirda bosh inspektor talab qilingan mablagʻni oʻz xizmat joyi binosi oldida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Qurilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xususiy korxona 2025 yilning oktabr oyida “Fargʻona suv qurilish invest” davlat muassasasining maʼmuriy binosida 850 mln soʻmlik mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun oʻtkazilgan shaffof tender tanlovida gʻolib chiqadi.

Biroq, ushbu davlat muassasasi bosh muhandisi va boshqalar oʻzaro til biriktirib, xususiy korxonada mukammal taʼmirlash ishlarini boshlash uchun ruxsat berish evaziga xususiy korxona raharidan 5500 AQSh dollari talab qilishadi.

Mazkur xolat boʻyicha oʻtkazilgan tezkor tadbirda yuqoridagi shaxslar 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ularning noqonuniy xatti harakatlari fosh etildi.

Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda bank xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochilgandi.

U 17 mlrd soʻm kredit ajratilishi yuzasidan murojaat qilgan fuqarodan pul soʻragan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid