platina.uz
Jamiyat

Buxoroda portlovli moddalar sexi portlab ketdi

Hodisa oqibatida 4 kishi halok boʻlgan, omborda jami 30 kishi bor edi.

Buxoroda portlovli moddalar sexi portlab ketdi
Illyustrativ surat

Bugun, 6 dekabr kuni soat 09:40 da Buxoro viloyati Kogon tumani Mustaqillik mahallasida joylashgan togʻ-kon sanoati korxonalari uchun portlovchi moddalarni ishlab chiqarish sexida portlash yuz bergan.

Oqibatda kelib chiqqan yongʻin viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 7 ta qutqaruv boʻlinmasi tomonidan soat 10:27da toʻliq oʻchirilgan.

Portlash vaqtida omborda 30 nafar ishchi boʻlgan, ulardan 4 nafari vafot etgan. Yengil darajada tan jarohati olgan 4 nafar xodim shifoxonaga joylashtirilgan, ularning 2 nafariga ambulator tibbiy yordam koʻrsatilib, uyiga ruxsat berilgan.

Prezident topshirigʻiga muvofiq Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi raisi A.Rafiqov boshchiligida masʼul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat hukumat komissiyasi tuzilgan.

Hukumat komissiyasiga jabrlanganlarga zarur yordam koʻrsatish, portlash oqibatlarini bartaraf qilish, ushbu baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda kelgusida bu kabi noxush holatlarning oldini olish choralarini koʻrish vazifasi yuklatilgan.

Maʼlumot uchun, sex 2019 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Markaziy Osiyo va Oʻzbekiston togʻ-kon sanoati korxonalari ehtiyojlari uchun yangi konlarni oʻzlashtirishda qoʻllaniladigan portlovchi moddalarni yetkazib berishga ixtisoslashgan korxona hisoblanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid