platina.uz
Biznes

Uztelecom 5G tarmogʻi yadrosining bulutli arxitekturasini joriy etish boʻyicha eng yaxshi operator deb topildi

Mazkur oʻzgarishlar nafaqat abonentlar uchun, balki milliy raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchun ham katta ahamiyatga ega.

Uztelecom 5G tarmogʻi yadrosining bulutli arxitekturasini joriy etish boʻyicha eng yaxshi operator deb topildi

Bangkokda boʻlib oʻtgan 5G Core Award 2025 xalqaro marosimida UZTELECOM Huawei bilan hamkorlikda amalga oshirgan 5G tarmoq yadrosini modernizatsiya qilish loyihasi uchun “Uztelecom 5G tarmogʻi yadrosining bulutli arxitekturasini joriy etish boʻyicha eng yaxshi operator deb topildi (Best Telco Cloud Practice) va mukofot bilan taqdirlandi.

Ushbu mukofot kompaniyaning Oʻzbekiston raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga va aloqa sifatini oshirishga qoʻshgan hissasini eʼtirof etadi.

Modernizatsiya UZTELECOM uchun soʻnggi yillardagi eng muhim texnologik qadamlardan biri boʻldi. Tarmoq yadrosi — mobil internetni, qoʻngʻiroqlarni va foydalanuvchi ulanishlarini boshqaradigan asosiy element boʻlib, uning unumdorligi bevosita tarmoqning yuqori yuklama vaqtlarida qanday ishlashiga taʼsir qiladi.

Loyiha doirasida UZTELECOM 5G yadro platformasini toʻliq yangilab, yanada yuqori hisoblash quvvatiga ega zamonaviy uskunalarga oʻtdi. Bu quyidagi imkoniyatlarni yaratdi:

1. Tarmoq oʻtkazuvchanligini oshirish.

Yangi platforma ancha katta hajmdagi trafikni qayta ishlay oladi, bu esa mamlakat boʻylab mobil aloqadan foydalanish hajmi yil sayin oshib borayotganini hisobga olganda ayniqsa muhimdir.

2. Pik davrlarda barqarorlikni oshirish.

Tarmoq yuklamaning keskin oshishi — masalan, kechki vaqtlarda, bayramlarda yoki koʻplab foydalanuvchilar bir vaqtning oʻzida ulanadigan holatlarda — tezroq va barqarorroq javob beradigan boʻldi.

3. Foydalanuvchilarning zamonaviy standartlarga oʻtishini tezlashtirish.

Yangilangan tizim 4G tarmogʻining tez kengayishini qoʻllab-quvvatladi, shuningdek VolTE texnologiyasining, yaʼni yanada tiniq va barqaror ovoz sifatini taʼminlaydigan standartning ommalashuviga xizmat qildi.

4. Rivojlanish uchun mustahkam asos yaratish.

Yangi arxitektura kamroq energiya isteʼmol qiladi, oson masshtablanadi va tarmoqni boshqarishni avtomatlashtiradigan hamda xizmat sifatini oshiradigan sunʼiy intellekt elementlarini joriy etishga tayyor holatga keltirilgan.

Mazkur oʻzgarishlar nafaqat abonentlar uchun, balki milliy raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchun ham katta ahamiyatga ega. Kuchliroq tarmoq yadrosi servislar sifati, yangi texnologiyalarni joriy etish tezligi va mamlakat telekom-infratuzilmasining barqarorligi bilan bevosita bogʻliqdir.

Ushbu mukofotning qoʻlga kiritilishi UZTELECOM texnik jamoasining professionalligi va ushbu loyihaning xalqaro darajadagi ahamiyatini tasdiqlaydi. Kompaniya tarmoqni modernizatsiya qilish va aholiga hamda biznesga moʻljallangan raqamli xizmatlarni rivojlantirishni davom ettiradi.

“Oʻzbektelekom” AK Axborot xizmati

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid