platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida yomgʻir, qor yogʻadi. Harorat kechalari 2-5 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin. 

Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi

Joriy yilning 8-10 dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. 8-9 dekabrda Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Bu haqda "Oʻzgidromet" xabar berdi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 8-10 dekabrda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.

9-10 dekabrda shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha, ayrim joylarda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayadi.

10 dekabrga kelib, markaziy hududlarda harorat asta-sekin kechalari 2-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-6 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid