JCh-2026: final bosqichiga qurʼa tashlandi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi K guruhidan joy oldi.

Bugun Amerika poytaxti Vashingtonda 2026 yilgi jahon chempionati final bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham qatnashdi.
Terma jamoalar 4 ta savatchaga boʻlindi. Oʻzbekiston MTJ 3-savatchadan joy olgandi. Jami 48 ta jamoa 12 ta guruhga 4 tadan boʻlib saralandi.
JCh-2026 qurʼasi
- A guruhi
Meksika
Janubiy Afrika Respublikasi
Janubiy Koreya
D oʻtish oʻyini gʻolibi (Chexiya, Daniya, Shimoliy Makedoniya, Irlandiya)
- B guruhi
Kanada
A oʻtish oʻyini gʻolibi (Bosniya va Gersegovina, Italiya, Shimoliy Irlandiya yoki Uels)
Qatar
Shveysariya
- C guruhi
Braziliya
Marokash
Haiti
Shotlandiya
- D guruhi
AQSh
Paragvay
Avstraliya
S oʻtish oʻyini gʻolibi (Kosovo, Ruminiya, Slovakiya yoki Turkiya)
- E guruhi
Germaniya
Kyurasao
Kot D’Ivuar
Ekvador
- F guruhi
Niderlandiya
Yaponiya
V oʻtish oʻyini gʻolibi (Albaniya, Polsha, Shvetsiya yoki Ukraina)
Tunis
- G guruhi
Belgiya
Misr
Eron
Yangi Zelandiya
- H guruhi
Ispaniya
Kapo-Verde
Saudiya Arabistoni
Urugvay
- I guruhi
Fransiya
Senegal
FIFA ikkinchi oʻtish oʻyini gʻolibi (Boliviya, Iroq yoki Surinam)
Norvegiya
- J guruhi
Argentina
Jazoir
Avstriya
Iordaniya
- K guruhi
Portugaliya
Qitʼalararo pley‑off gʻolibi (Kongo, Yamayka yoki Yangi Kaledoniya)
Oʻzbekiston
Kolumbiya
- L guruhi
Angliya
Xorvatiya
Gana
Panama
JCh-2026 taqvimi
- Guruh bosqichi: 11-27 iyun;
- 1/16 final: 28 iyun – 3 iyul;
- 1/8 final: 4-7 iyul;
- Chorak final: 9-11 iyul;
- Yarim final: 14-15 iyul;
- Uchinchi oʻrin uchun: 18 iyul;
- Final: 19 iyul.